
"Nyukasl" "Bavariya" yulduzini nishonga oldi
"Nyukasl" klubi "Bavariya" futbolchisi Tomas Myullerni o‘z tarkibiga qo‘shib olmoqchi. Ingliz jamoasi ushbu transferni yozda amalga oshirishga harakat qiladi.
"Bild" nashrining xabar berishicha, APL vakillari allaqachon Myullerning agenti bilan muzokaralarga kirishgan. Biroq futbolchi Myunxendan ketish borasida yakuniy qarorga kelmagan.
Ma’lumot o‘rnida, 32 yoshli futbolchining "nemis mashinasi" bilan shartnomasi 2023 yilda yakunlanadi.
Tomas Myuller joriy mavsum Bundesliganing 21 o‘yinida 7 gol va 18 assist muallifiga aylangan.
Fikrlar