"Nyukasl" birinchi bo‘lib kimni sotib olishi ma’lum
Madridning "Atletiko" klubi himoyachisi Kiran Tripper Angliyaga qaytishi mumkin.
Unga "tumanli albion"ning "Nyukasl" jamoasi qiziqish bildirmoqda. "The Northern Echo" xabariga ko‘ra, saudiyalik milliarderlar qo‘liga o‘tgan klubning dastlabki transferi aynan angliyalik futbolchi bo‘ladi.
"Qarg‘alar" rahbariyati 31 yoshli himoyachini qishki transfer oynasidayoq sotib olmoqchi. Uni qo‘yib yuborish uchun "Atletiko"ga 30 million evro atrofidagi mablag‘ taklif etilishi kutilmoqda. Shuningdek, futbolchining o‘ziga ham katta maosh beriladi.
Tripperga Premer-liga begona emas. U avval "Byornli" hamda "Tottenxem" sharafini himoya qilgan.



Fikrlar