
“Nyukasl” katta transferga qo‘l urdi
Saudiyalik investorlar qo‘liga o‘tganidan keyin dunyoning eng boy klubiga aylangan “Nyukasl” katta transferga qo‘l urmoqda.
Yangi rahbariyati jamoani kuchaytirish maqsadida qator grand klublar nishonida turgan “Fiorentina” to‘purari Dushan Vlaxovichni transfer qilmoqchi. “Qarg‘alar” serbiyalik hujumchi uchun Florentsiya klubiga 80 million evro to‘lashga tayyor.
Vlaxovichga “Yuventus” ham xaridor bo‘lmoqda. Biroq, turinliklar futbolchi uchun bo‘ladigan “kim oshdi” savdosi Angliya klublari, ayniqsa, “Nyukasl” bilan tenglasha olmaydi.
Dushan Vlaxovich joriy mavsumda A Seriyada 13 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 10 ta gol yozdirib qo‘ydi.
Fikrlar