"Nyukasl" Luis Suarez uchun 80 million yevro toʻlashga tayyor
Lissabonning "Sporting" klubi hujumchisi Luis Suarez yaqin orada Portugaliyani tark etib, Angliyaga yo‘l olishi mumkin.
"Record" nashri ma’lumotiga ko‘ra, 28 yoshli kolumbiyalik forvardga "Nyukasl" jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Manbaga ko‘ra, futbolchining "Sporting" bilan tuzgan shartnomasida 80 million yevroga teng tovon puli belgilangan. Uning amaldagi bitimi 2030 yil iyun oyi oxiriga qadar mo‘ljallangan.
Joriy Portugaliya chempionati mavsumida Suarez 30 ta uchrashuvda maydonga tushib, 26 ta gol urdi. Ularning uchtasi penaltiidan kiritilgan. Shuningdek, hujumchi o‘z hisobiga 6 ta golli uzatmani ham yozdirib qo‘ygan.
Bundan tashqari, kolumbiyalik futbolchi mavsum davomida 6 marta sariq kartochka olgan.

Fikrlar