“Nyukasl” maoshini eshitgan “Barsa” yulduzi ketishga shaylanib qoldi

  • 27.11.2021 10:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Nyukasl” o‘z safiga Usmon Dembeleni qo‘shib olish uchun unga katta miqdordagi maosh taklif qilmoqda. “Qarg‘alar” bu orqali futbolchining “Barselona” bilan yangi bitim imzolmasligini ta’minlamoqchi.

Aslida frantsiyalik hujumkor futbolchining xaridorlari ko‘p. Biroq, nyukaslliklar unga yiliga 15 million evro maosh to‘lamoqchi bo‘layotgani ularni futbolchi uchun kurashda favoritga aylantirdi.

“Barselona”ni qabul qilib olgan Xavi ham klub mutasaddilaridan mavsum oxirida shartnomasi tugaydigan Dembeleni olib qolishni talab qilyapti. Kataloniyada juda ko‘p jarohat olayotgan futbolchining o‘zi muhitni o‘zgartirish tarafdori. Qolaversa, kataloniyaliklar moliyaviy inqiroz davrida Usmonga angliyaliklar kabi katta maosh berolmaydi.

2017 yili 105 million evroga transfer qilingan Usmon Dembele o‘tgan yozda Evropa chempionatida olgan jarohatini davolatish bilan band. Agar “Barselona” yanvargacha uni yangi bitimga ko‘ndirmasa, boshqa da’vogarlar rasmiy muzokara boshlash huquqini qo‘lga kiritadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!