
"Nyukasl" olmoqchi bo‘lsa, oddiy futbolchi ham qimmat
APLning ikki klubi "Latsio" xavbeki Sergey Milinkovich-Savichni o‘z safiga qo‘shib olishni istamoqda.
"Football Italia" nashrining "II Messaggero" nashriga tayanib bergan xabariga ko‘ra, "Chelsi" hamda "Nyukasl" Sergey uchun 55 mln evrodan voz kechishga tayyor. Biroq rimliklarni bu miqdor qoniqtirmaydi.
"Burgutlar" pandemiya davrida uni 100 million evroga sotish haqida o‘ylagandi. Ayni vaqtda Rim klubi uning transferidan 70-80 million evro ishlab olishni istamoqda.
O‘tgan mavsumda Milinkovich-Savich A Seriya doirasida 37 ta uchrashuvda maydonga tushib, gol+pas sistemasida 22 ochko to‘plashga muvaffaq bo‘ldi.
Fikrlar