"Nyukasl" qishki transfer oynasi uchun qancha pul ajratishi ma’lum

  • 9 oktabr, 2021, 15:20
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Nyukasl" qishki transfer vaqtida katta mablag‘ sarflashi kutilmoqda. 

"The Telegraph" nashrining yozishicha, yaqinda saudiyalik milliarderlar tomonidan xarid qilingan klub qishda transferlar uchun 190 million funt ajratishi mumkin. 

Bu "Nyukasl" moliyaviy feyr-pleyni buzmasdan foydalanishi mumkin bo‘lgan maksimal miqdor. Avvalgi rahbar Mayk Eshlining kichik xarajatlari sababli ushbu summaga ruxsat berilgan. 

Qolaversa, yozda klub maoshlarni 12 million funtga kamaytirishga erishgan. Bu ham transfer bozorida faol bo‘lish va ko‘proq pul ishlatishni ta’minlaydi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!