“Nyukasl” yulduzlarga shartnoma bermadi

  • 13.10.2021 10:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Angliya premer-ligasining autsayderidan grand klubga aylanayotgan “Nyukasl” tez orada bir necha yulduz futbolchilarni transfer qilishi haqida xabarlar tobora ko‘payib bormoqda.

Xususan, “qarg‘alar”  PSJ hujumchisi Mauro Ikardi va “Yuventus” yarim himoyachisi Aaron Remziga og‘iz solayotgani aytilgandi.

Manbalarning xabar berishcha, “Nyukasl” rahbariyati bu xabarlarni inkor etib, Mauro Ikardi va Aaron Remziga taklif yuborilmaganini ma’lum qildi.

Mauro Ikardi yaqin o‘rtada PSJni tark etmoqchi emas va yulduz jamoa axzosi bo‘lib qolish istagini bildirgan.

Aaron Remzi esa kelajagi haqida joriy yilning dekabrida yoki kelasi yil boshida bir qarorga kelishini aytmoqda.

Ikardining parijliklar bilan shartnomasi 2024 yilning yarmigacha davom etadi va uning transferi 35 million evroni tashkil qilmoqda. Remzining turinliklar bilan hamkorligi 2023 yilning yozigacha rasmiylashtirilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!