"Nyukasl"ga qarshi to‘liq uchrashuv o‘tkazgan Husanov qanday statistika qayd etdi?

  • 15 fevral, 22:21
  • Bilolbek Imomov
  • 3
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, Angliya Premer-ligasining 25-turi doirasida "Manchester Siti" "Nyukasl Yunayted"ni 4:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Mazkur uchrashuvda hamyurtimiz Abduqodir Husanov to‘liq harakat qildi. 
 
Milliy terma jamoamiz a’zosi Husanovning ushbu bellashuvda qayd etgan statistikasi bilan tanishing. 
 
20 yoshli himoyachimiz ushbu o‘yin davomida 76 marta to‘pga teginishga muvaffaq bo‘lib, 68 ta uzatma berdi. Ularning 63 tasi jamoadoshlariga aniq etib bordi (93 %). Bundan tashqari, iqtidorli himoyachi o‘yin davomida 7 bora uzoq masofaga uzatmani amalga oshirib, 2 tasi aniq etib bordi. 
 
Abduqodir maydondagi 3 ta kurashlardan bittasida g‘alaba qozonishga ham muvaffaq bo‘ldi. Shunday bo‘lsa ham, ikkinchi qavatdagi kurashlarda 2 tadan 2 tasida raqiblaridan to‘pni echib oldi. Shu bilan birga, Husanov to‘qnashuv davomida 2 bora qoidani buzishga ham ulgurdi. Uning ushbu harakatlarini "Sofascore" portali 7.0 ballga loyiq ko‘rdi. 
 
Ma’lumot o‘rnida, Gvardiola boshchiligidagi "shaharliklar" navbatdagi uchrashuvini 19 fevral kuni Ispaniyaning "Real Madrid" klubiga qarshi o‘tkazadi.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Is'hoqjon Ro'ziyev
15/02/2025 23:47
Ikkita padkatni foul hisoblagani uchun bali pas chiqib turubdi, aslida 7,8.. 8 ball ni obturgandi
&
Mr. Azimov
15/02/2025 23:40
Uzoqqa uzatgan aniq paslari soni koproq boldi manimcha
&
Азизжон
15/02/2025 22:44
Баракалла угил бола