O'zbekistonda Rahmonaliev o'ynayotgan «Sabah»ning Chempionlar ligasidagi tarixiy yutug'iga munosabat bildirildi
O‘zbekiston Professional futbol ligasi o‘zbekistonlik yarim himoyachi Umarali Raxmonaliev to‘p suradigan Ozarbayjonning «Sabah» klubini Chempionlar ligasi umumiy bosqichiga chiqqani bilan tabrikladi.
- O‘zbekiston Professional futbol ligasi «Sabah»ni UEFA Chempionlar ligasi umumiy bosqichiga yo‘llanma qo‘lga kiritgani bilan yurakdan tabriklaydi!
Birodar Ozarbayjon klubiga Evropaning eng nufuzli klub musobaqasida omad, yirik g‘alabalar va yangi yutuqlar tilaymiz! Omad, «Sabah»!, — deyiladi liga bayonotida.
Eslatib o‘tamiz, pley-off bosqichi javob uchrashuvida «Sabah» Be’er-Sheva shahrining «Xapoel» jamoasini qo‘shimcha daqiqalarda 5:2 hisobida mag‘lub etdi. Ushbu bellashuvda Umarali Raxmonaliev ham gol muallifiga aylandi.
Ikki o‘yin yakuniga ko‘ra Ozarbayjon klubi 6:4 umumiy hisobda zafar quchdi va o‘z tarixida ilk bor Chempionlar ligasi umumiy bosqichiga yo‘l oldi.

Fikrlar