
Obameyang “Borussiya”ning o‘yinini o‘tkazib yuboradi
Dortmundning “Borussiya” klubi hujumchisi Per-Emrik Obameyang Germaniya Bundesligasi 19-turidan o‘rin olgan “Gerta”ga qarshi bahsni o‘tkazib yuboradi.
“U Dortmundda shug‘ullanmoqda. Uning boshida boshqa narsalar aylanib yurgandek tuyulmoqda, menga va bu o‘yingga tayyor emas. Aynan shu sababli, u Berlinda jamoamizga yordam bera olmaydi”, – deb aytib o‘tdi “Borussiya” sport direktori Mixael Tsork.
Qayd etish joiz, 28 yoshli futbolchi klub ichki qoidasini buzgani uchun o‘tgan turda “Volfsburg”ga qarshi bahsda ishtirok etmagan edi.
Ilgariroq, OAVda gabonlik forvardning “Arsenal”ga o‘tishi borasida turli xabarlar tarqalgan edi.
Fikrlar