Obameyang kichik shart evaziga "Arsenal"da qolishga tayyor

  • 3 iyul, 2020, 22:45
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Arsenal" hujumchi Per-Emerik Obameyang bilan amaldagi shartnomani uzaytirish niyatida. Tomonlar o‘rtasidagi joriy kelishuv 2021-yil yozigacha amal qiladi.

Xabarlarga ko‘ra, 31 yoshli gabonlik futbolchi kichik shart evaziga londonliklar tarkibida qolishga tayyor. Buning uchun uning maoshi 250 ming funtga ko‘tarilishi kerak.

Eslatib o‘tamiz, Mesut O‘zil "Arsenal"ning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchisi sanaladi. Haftasiga 350 ming funt ishlab topadigan germaniyalik futbolchi so‘nggi vaqtlarda poytaxtliklar asosiy tarkibida deyarli maydonga tushmayapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!