
Obameyang to‘liq "Barselona" futbolchisiga aylanadi, transfer summasi esa...
"Arsenal" klubi hujumchisi Per-Emerik Obameyang "Barselona"ga o‘tishga yaqin turibdi.
London klubi mazkur transferdan pul olmaydi. Bitim to‘liq transfer ko‘rinishida bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqda "ESPN" nashri jurnalisti Jeyms Olli xabar bermoqda.
Gabonlik futbolchi "Barselona"ga o‘tish uchun maoshini sezilarni darajada qisqartirishga ham rozi bo‘lgan.
APLning joriy mavsumida Obameyang 14 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 1 ta golli uzatma muallifiga aylandi.
Fikrlar