Obameyangning qolishi "Arsenal"ga nima beradi?

  • 4 iyul, 2020, 18:12
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Siti” klubining sobiq futbolchisi Mayk Richards “Arsenal”ga  Per-Emerik Obameyangni tarkibda saqlab qolishi kerakligini maslahat berdi.

Tecno

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq “kanonirlar” 30 yoshli gabonlik futbolchiga haftasiga 250 ming funt maosh va 3 yillik shartnoma taklif qilayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

“U bilan shartnoma imzolang. Hoziroq. Agar u shartnomani uzaytirsa, bu top futbolchilarni jamoaga jalb etishga yordam berishi mumkin.

Agar ular Obameyangni qo‘yib yuborishsa, uning o‘rnini egallaydigan kim bor? Lyakazett barqaror emas. Ha, ular uni saqlab qolishlari kerak”, - deydi Richards.

Obameyang joriy mavsum APLda 30 ta o‘yinda maydonga tushdi va raqiblari darvozasiga 19 ta gol urishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!