Oblak "Enfild"da o‘z rekordini yangiladi
Madridning "Atletiko" klubi darvozaboni Yan Oblak Chempionlar ligasi 1/8 final javob bahsidan o‘rin olgan "Liverpul"ga qarshi o‘yin qahramoniga aylandi.
Sloveniyalik darvozabon garchi "Enfild"da o‘z darvozasidan 2 ta gol o‘tkazib yuborgan bo‘lsada, uchrashuv davomida 11 marta seyv ijro qildi. Bu Oblakning shaxsiy rekordiga aylandi.
Yan Oblakning bu boradagi avvalgi rekordi bir o‘yinda 9 ta seyv bo‘lgan.
Fikrlar