
OChL. AGMK bugun pley-off yo‘lidagi hal qiluvchi uchrashuvda maydonga tushadi
Bugun Osiyo Chempionlar Ligasi guruh bosqichining 5-turi doirasida AGMK klubi "Al-Hilol" bilan bahs olib boradi. Ushbu o‘yinda g‘alaba qozona olmagan taqdirda, Mirjalol Qosimov shogirdlari pley-off yo‘llanmasini rasman boy beradilar.
Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 00:00 da start oladi.
Jamoalar o‘rtasidagi bundan avvalgi bellashuv 2:2 hisobidagi durang bilan yakunlangandi.
Fikrlar