
OChL. "Nasaf"ning nimchorak finaldagi raqibi jiddiy
Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichlari yakunlanganidan xabaringiz bor. Qarshining "Nasaf" klubi "E" guruhida 9 ochko bilan 2-o‘rinni egalladi va pley-offga yo‘l oldi.
Nimchorak finalga yo‘llanma olgan "ajdarlar" ushbu bosqichda Saudiya Arabistonining "Al-Shabab" klubiga qarshi bahs olib boradi. "Al-Shabab" chempionlar ligasi "B" guruhida 5 g‘alaba, 1 durang qayd etgan holda, 16 ochko bilan 1-o‘rinni naqd qilgan. To‘plar nisbati - 18:1.
Eslatib o‘tamiz, pley-off bahslari 2023 yil 3-4 feral kunlari bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
Fikrlar