
OChL. "Nassaji" - "Navbahor": Jamoalar qanday rangdagi libosda harakat qiladi?
Xabaringiz bor, OChL 4-turida "Navbahor" "Nassaji" maydonida mehmon bo‘ladi. Bugun ushbu o‘yin oldidan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi va unda jamoalar qanday libosda harakat qilishi aniq bo‘ldi.
Ertaga "Nassaji" qizil, "Navbahor" esa oq rangli liboslarda maydonga tushadi.
Eslatib o‘tamiz, ayni paytda namanganliklar 7 ochko to‘plagan holda guruhda 2-o‘rinda bormoqda. "Nassaji" esa 3-pog‘onaga joylashgan. Peshqadam - "Al Hilol"!
Fikrlar