
OChL. "Navbahor" - "Al-Ittihod": Jamoalar qanday rangli libosda harakatlanadi?
Xabaringiz bor, ertaga OFK Chempionlar ligasi nimchorak final birinchi o‘yini doirasida "Navbahor" Saudiya Arabistonining “Al-Ittihod” klubiga qarshi bahs olib boradi.
Bugun mazkur o‘yin oldidan uchrashuvning tashkiliy masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi. Unda bo‘lajak bellashuv mas’ullari, har ikki ishtirokchi jamoalar, “Markaziy” stadion vakillari, Namangan viloyati tartibni saqlash idoralari hamda tibbiyot sohasi mas’ullari ishtirok etishdi.
Shuningdek, ertangi o‘yinda jamoalar qanday rangdagi liboslarda maydonga chiqishi ham aniqlab olindi. Unga ko‘ra, “Navbahor” ertaga to‘liq ko‘k rangli libosda maydonga chiqadi. Saudiyalik futbolchilar esa oq rangdagi formada harakat qilishadi.
Eslatib o‘tamiz, “Navbahor” – “Al-Ittihod” uchrashuvi soat 19:00da start oladi.
Fikrlar