
OChL. "Navbahor" - "Al-Ittihod" uchrashuvida nursiz durang qayd etildi
Osiyo chempionlar ligasi 1/8 finalidan o‘rin olgan "Navbahor" - "Al-Ittihod" bahsi bo‘lib o‘tdi. Keskin va murosasiz o‘tgan bahsda jamoalar 0:0 hisobidagi durangga imzo chekdi.
Birinchi bo‘limda mehmonlar kuchliroq o‘ynagan bo‘lsa, ikkinchi bo‘limda "lochinlar" ko‘proq hujum qildi va vaziyatlar yaratdi. Namangan jamoasining yangi futbolchilari Sayfiev, Jiyanov, Hamrobekovlar asosiy tarkibda maydonga tushdi. Nikabadze, Favaz Al Yami, Samvel Babayan va Odiljon Hamrobekovlar hakam tomonidan sariq kartochka bilan jazolandi.
Ma’lumot uchun, javob o‘yini 22 fevral kuni bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar