OChL. OKMK - "As-Sib": Jamoalarning qanday libosda harakat qilishi ma’lum bo‘ldi (foto)

  • 14 avgust, 2023, 15:24
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

15 avgust kuni OFK Chempionlar ligasi saralash bosqichi doirasida OKMK Ummonning “As-Sib” klubiga qarshi bahs yuritadi.

Bugun har ikki jamoa rasmiylari ishtirokida o‘yinoldi tashkiliy masalalarga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda uchrashuvga aloqador tadbirlar, matbuot anjumani, rasmiy mashg‘ulot va boshqa masalalar muhokama qilindi. Bu haqda O‘zPFL matbuot xizmati xabar berdi.

yig‘ilish 

Jamoalarning ertangi uchrashuvni qanday libosda o‘tkazishi masalasi ham ko‘rib chiqildi. Unga ko‘ra, OKMK ertangi o‘yinda to‘q ko‘k rangdagi formada harakat qiladi, mehmonlar esa yashil rangli libosda maydonga chiqishadi. OKMK darvozaboni qora rangli, “As-Sib” posboni esa pushti rangdagi forma kiyadi.

form

OKMK – “As-Sib” uchrashuvi ertaga Olmaliqdagi OKMK sport majmuasida bo‘lib o‘tadi va soat 20:00 da start oladi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!