OChL. OKMKning raqibi "Al-Arabi" haqida muhim ma’lumotlar taqdim etildi

  • 21 avgust, 2023, 16:43
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Osiyo Chempionlar ligasi pley-off saralash bosqichida OKMK Dohada Qatarning "Al-Arabi" jamoasi mehmoni bo‘ladi. Ushbu bahs oldidan OKMK matbuot xizmati o‘yin va raqib haqida muhim ma’lumotlarni taqdim etdi. 

"Al-Arabi" jamoasi 1952 yilda tashkil topgan. "Al-Arabi" 7 karra Qatar chempioni, 9 karra Qatar kubogi, 6 karra mamlakat superkubogi va Qatar liga kubogi sohibi hisoblanadi.

Jamoa o‘tgan mavsum Qatar yulduzlar ligasida OChL pley-off bosqichiga yo‘llanma beruvchi 2-o‘rinni egallagan. Yaqinda boshlangan mavsumda esa bo‘lajak raqibimiz chempionat 1-turi doirasida "Ash-Shamal"ga qarshi uchrashuvda durang natija (1:1) qayd etdi.

Hozirda "Al-Arabi" jamoasini mahalliy murabbiy Yunus Ali boshqaradi. Tarkibda Rafinya Alkantara, Abdu Diallo, Aron Gunnarsson va Umar As-Soma singari taniqli futbolchilar to‘p tepadi.

"Al-Arabi" — OKMK uchrashuvi 22 avgust kuni Dohadagi "At-Tumama" stadionida mahalliy soat bilan 20:30da, Toshkent vaqti bilan esa 22:30 da start oladi.

 

Osiyo Chempionlar ligasi 2023/24, pley-off saralash bosqichi.

"Al-Arabi" (Qatar) — OKMK (O‘zbekiston).

Bosh hakam: Ko Hyung Jin (Janubiy Koreya).
Yordamchi hakamlar: Yoon Jae Eol, Park Sang Jung (Janubiy Koreya).
Zaxira hakami: Park Sang Jun (Janubiy Koreya).
Hakamlar nazoratchisi: Selearajen Subramaniam (Malayziya).
Komissar: Fahad Albarrak (Quvayt).

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!