
OChL. "Paxtakor" G‘arbiy mintaqada eng ko‘p muxlis to‘plagan uch klubdan biri bo‘ldi
Ushbu mavsumda "Paxtakor" Chempionlar Ligasida uy o‘yinlariga ishqibozlar tashrifi bo‘yicha G‘arbiy mintaqada uchinchi o‘rinda joylashgan. Guruh bosqichida bir uchrashuvga o‘rtacha 24972 nafardan muxlislar kelgan. Bu esa Eron grandlari "Istiqlol" va "Persepolis"dan keyin bizning mintaqada eng yaxshi ko‘rsatkich hisoblanadi. Butun Osiyoda esa Chempionlar Ligasi guruh bosqichida "Paxtakor" kuchli beshlikda turibdi. Xitoyning "Guanchjou Evergrand" va "Beyjing Goan" klublarida bu borada ko‘rsatkich yaxshiroq.
Superligada esa Toshkentdagi 7 bellashuvga jami 65774 ishqiboz tashrif buyurgan. Bu bir bahsga o‘rtacha 9396 nafar muxlis kelganini anglatadi. Birinchi davradan keyin "Paxtakor" bu borada Superligada ham kuchli beshlikdan joy olgan.
Fikrlar
Шунга энди медаль бериш к/к ми.
Отди калласидек маош олаётган, барча кулайлик ва шароитга эга Арвеладзе аккалли гурухдан хам чикара олмади.
Эссиз унга сарфланган валюта.
Мухлис йигишдан сунгги уринда колиб кетиб грухдан аранг чикиб колганда хам биз у/н байрам эди.