
OChL saralashi. G‘aniev gol urgan o‘yinda jamoasi yirik hisobda zafar quchdi, keyingi raqib - Ronaldu
Osiyo Chempionlar ligasi pley-off bosqichi doirasidagi "Shabab Al-Ahli" - "Al-Vehdat" uchrashuvi nihoyasiga etdi. Unda dubayliklar 3:0 hisobida zafar quchdi.
Dastlab, Aziz G‘aniev standart vaziyatdan yo‘llagan zarbasi orqali hisobni ochdi. Aynan legionerimizning uzatmasidan so‘ng Renan oradagi farqni oshirgan bo‘lsa, 86-daqiqada Dabbur bellashuvga mantiqiy nuqtani qo‘ydi.
Endi G‘aniev jamoasiga Ronaldu boshchiligidagi "An-Nasr" raqiblik qiladi. Mazkur qarama-qarshilik g‘olibi guruh bosqichida o‘ynash huquqini qo‘lga kiritadi.
Fikrlar