
Odil Ahmedov harakat qilayotgan “Tyantszin Teda” o‘z maydonida ishonchli g‘alabaga erishdi
Bugun Xitoy Superligasida navbatdagi tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi.
Hamyurtimiz Odil Ahmedov to‘p surayotgan “Tyantszin Teda” o‘z maydonida “Shenchjen” klubiga qarshi bahs olib bordi va 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Uchrashuvda Odil Ahmedov 90 daqiqa to‘liq harakat qilgan bo‘lsa, jamoadoshi Frank Achimpong dubl qayd etdi.
Fikrlar