Odil Ahmedov “Navbahor”da o‘ynashi mumkin. Faqatgina bir shart bilan!

  • 21 may, 2021, 21:57
  • Bekzod Isayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

"JCh-2022" va "Osiyo Kubogi-2023" qo‘shma saralash bosqichlariga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida O‘zbekiston milliy terma jamoasi 20 maydan yurtimizda yig‘inga kirishdi.

O‘FA matbuot xizmati bosh jamoa sardori Odil Ahmedov bilan intervyu tashkil etdi. Unda Odil Ahmedov faoliyatini “Navbahor”da yakunlaydimi? degan savolga javob berdi.

- Agar O‘zbekistonga qaytib, faoliyatimni tugatadigan bo‘lsam, Namanganga boraman. Lekin menning niyatim u erga borganimdan keyin Namangan futbolini o‘zgartirish. Shu shartga ko‘nishsa, balki o‘sha joyda kareramni yakunlarman. Bu futbol, unda nima bo‘lishini hech kim bilmaydi.

Shunday istagim ham borki, O‘zbekistonga qaytganda, futbolchilik faoliyatimni yakunlagan bo‘lishim ham mumkin. Agar yurtimizda yana to‘p tepsam, menimcha, “Navbahor”da o‘ynayman, - dedi Odil Ahmedov.

Odil Ahmedov: O‘zbekiston MTJning muhim bahslari borligi uchun og‘riq qoldiruvchi vositalar bilan bo‘lsa ham o‘ynashga tayyorman

4321577211339

Yarim himoyachi avvalgi intervyularida “Navbahor” klubi mahalliy va yosh futbolchilarga e’tibor qaratishi kerakligini aytgandi. Balki futbolchi o‘zgartirish deganda aynan shu jihatni nazarda tutgan bo‘lishi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Abbos Axmedov
22/05/2021 21:53
Илтимос бу мавзуга бахил Алихужа шарқ қолдирмасн акс холда жиноий жавобгарликга тортилади Ўзбекистон 156 модаси 42 кодекси асосан жидий огохлантирилади.