
Odil Ahmedov Saudiyadagi "JCh-2022" saralash bahslarida qaysi jihatga e’tibor qaratish kerakligini aytdi. O‘yinlar payti issiq ta’sir qilmaydimi?
Ayni paytda qovurg‘asidagi jarohatini davolab, O‘zbekistonda tiklanish jarayonini o‘tkazayotgan milliy terma jamoa va Xitoyning "Tsanchjou Mayti Layons" klubi yarim himoyachisi Odil Ahmedov O‘FA matbuot xizmatiga intervyu berdi.
Unda sardorimiz Saudiya Arabistonida tashkil etilayotgan "JCh-2022" saralash bahslari issiqda o‘tkazilishiga munosabat bildirdi. Futbolchi bu borada ruhiyat katta rol o‘ynashini bildirdi.
Odil Ahmedov: O‘zbekiston MTJning muhim bahslari borligi uchun og‘riq qoldiruvchi vositalar bilan bo‘lsa ham o‘ynashga tayyorman
- Arab davlatlarida issiqda o‘ynash juda qiyin. Avvallari yozda u erlarda to‘p tepganmiz. Issiqda futbolning jozibasi yo‘qoladi. Lekin bu biz uchun bahona yoki muammo bo‘lishi kerak emas. Chunki shunday sharoitda raqiblar ham o‘ynaydi. Bu joyda har taraflama tayyor turish kerak. Ayniqsa, ruhiy tomondan. Shularga e’tibor qaratsak, o‘ylaymanki, biz uchun muammo bo‘lmaydi.
Odam organizmini miya nazorat qiladi. Issiqda to‘p tepib bo‘lmaydi, deb miyaga topshiriq bersangiz bo‘ldi, oyoq ham yugurmaydi. Shu bois bu joyda psixologiya katta rol o‘ynaydi, - dedi Odil Ahmedov.
Fikrlar
Лекин Одил Ахмедов майдонда булса болаларда дух булади. Шуниси аник.
Ишонмасанглар таниш фудболчилардан суранглар