Odil Ahmedov Xitoydan O‘zbekistonga moddiy yordam yubordi (Foto)

  • 7 aprel, 2020, 18:59
  • Bekzod Isayev
  • 8
  • Futbol
CHERY AUTO

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori, Xitoyning «Shanxay SIP» klubi futbolchisi Odil Ahmedov mamlakatimizda koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq vaziyatda tibbiyot muassasalar uchun zarur vositalarni taqdim qildi. Bu haqda «Dunyo» axborot agentligi muxbiri xabar berdi.

1586282796.3917

Manbaning ma’lum qilishicha, tibbiy kombinezonlar, himoya ko‘zoynaklari va yuz himoya niqoblari O‘zbekiston Respublikasining Pekindagi elchixonasi va Shanxay shahridagi Bosh konsulxonasi ko‘magida yaqin kunlarda mamlakatimizga etkaziladi.

222222222

Eslatib o‘tamiz, oldinroq BAAning "Sharja" klubi yarim himoyachisi Otabek Shukurov o‘zi tug‘ilgan Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanidagi kam ta’minlangan oilalarga kunlik ishlatiladigan mahsulotlar (kartoshka, piyoz, un, yog‘, go‘sht va hokazolar)ni taqdim etgandi.

Keyinroq AGMK klubi bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov "O‘zbekiston mehr-shafqat va salomatlik" fondiga 75 mln so‘m o‘tkazib berdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Яшин Ш.И
07/04/2020 19:12
Одилбек ог'ир дамларда килаётган инсонпарварлик ёрдамингни халкимиз хеч качон эсидан чикармайди.
БАРАКАЛЛА, ОТА-ОНАНГГА МИНГ РАХМАТ. БАРАКА ТОП.
Расулжон Тоштемиров
07/04/2020 19:44
Миржалол Отабек хаммаларинга рахмат Узбекистан ???????? сизлардан фахирланади
Aziz Rohimov
07/04/2020 19:37
Оллох рози булсин
Расулжон Тоштемиров
07/04/2020 19:35
Рахмат сенга илохим худо берсин эхсонингиз кабул булсин сенга хавас килдим Мана мен пулим йук эхсон килолмайабман
Vohid Shabaev
07/04/2020 19:25
Одилжон Сиз билан нафакат Наманган, балки бутун Узбекистон фахрланади. Эхсонингизни оллох кабул этсин.
&
fc.navbahor
07/04/2020 21:51
Malades namangan farzadlari xaqiqiy vatanparvar
Ахлиддин Файзуллоев
07/04/2020 19:44
Аллох, хар бир эхсонинга мингларни берсин Одилжон!!!

Наманган ва Узбекистон сендай углони борлигидан фахрланади !!!
Dilshod Muratov
07/04/2020 22:35
Ung quling qilgan ishni chap quling bilmasin degan gaplar bor edi.
Axmedov yordam qilgani yaxshi lekin kuz kuz qilishni nima keraki bor.