
Odil Ahmedovning braziliyalik jamoadoshi yana "Zenit"ga qaytishi mumkin
Sankt-Peterburgning "Zenit" klubi "Shanxay SIPG"da to‘p surayotgan sobiq hujumchisi Xalkni jamoaga qaytarmoqchi. Bu haqda UOL Esporte nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, 33 yoshli braziliyalik futbolchi uchun rus klubi "Galatasaray" va "Palmeyras"ga qarshi raqobatlashishiga to‘g‘ri keladi. Aytish kerakki, Xalkning xitoyliklar bilan amaldagi shartnomasi joriy yil oxirida o‘z nihoyasiga etadi va shu sababli u yangi jamoasiga erkin agent sifatida tekinga borib qo‘shiladi.
Xalk “Zenit” safida 2012-2016 yillarda to‘p surgan va 148 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 76 ta gol hamda 60 ta golli uzatmaga yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar