OFK kubogi guruh bosqichi O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadimi?

  • 1 mart, 2021, 15:12
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

OFK kubogi "F" guruhi bahslari Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tadi. Bu haqda OFK rasmiy sayti xabar tarqatdi. Ishtirokchi assotsiatsiyalar bilan davom etgan uzoq muzokaralardan so‘ng ushbu qarorga kelindi.

Tecno

Eslatib o‘tamiz, mazkur guruhdan "Oloy" (Qirg‘iziston), "Xo‘jand" (Tojikiston), "Oltin Asr" (Turkmaniston) jamoalari o‘rin olgan. Guruhdagi to‘rtinchi ishtirokchi esa AGMK yoki "Nasaf" jamoalaridan biri bo‘ladi. 

Olmaliqning AGMK klubi OChLning bir o‘yindan iborat pley-off bahsida Qatarning "Al Garafa" jamoasini mag‘lub etsa, OChLning guruh bosqichiga yo‘l oladi. O‘z-o‘zidan "Nasaf" OFK kubogida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Aks holda, AGMKning o‘zi ishtirokini OFK kubogida davom ettiradi.

Ilgariroq, O‘zPFL bosh direktori vazifasini bajaruvchi Diyor Imomxo‘jaev OFK kubogining "F" guruhi bahslariga O‘zbekiston mezbonlik qilish mumkinligini aytib o‘tgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!