
OFK kubogi. "Nasaf" - "Li Man": Asosiy vaqtda kuchlar teng keldi. Hakam tomonlarni ekstra-taymlarga taklif etdi (matnli translyatsiya)
OFK Kubogi yarim final bosqichi doirasida "Nasaf" hamda "Li Man" jamoalari o‘zaro bahs olib boradi. Mazkur uchrashuvni saytimiz orqali matnli translyatsiya ko‘rinishida kuzatib borishingiz mumkin.
"Nasaf" - "Li Man" 3:2
120+1. Uchrashuv yakunlandi. "Nasaf" finalda!
120. O‘yinning asosiy vaqtiga 1 daqiqa qo‘shildi.
119. Vakillarimiz raqibni markazdan o‘tkazmayapti.
118. Kaluderovich to‘pni o‘ziga bo‘ysundira olmadi. Aks holda, birga-bir vaziyatga chiqib borishi mumkin edi.
117. So‘nggi daqiqalarni to‘p nazorati raqibda bo‘lib turibdi. Biroq vakillarimiz yaxshi pressing uyushtiryapti.
115. Doniyor Narzullaev maydonda yotibdi. Unga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.
113. Bozorovning jarima maydoni markaziga oshirgan to‘pini darvozabon ushlab oldi.
112. Maydon markazida Oybek Bozorov yiqitildi. Hakam o‘yinni to‘xtatdi.
111. Raqibdan to‘pni olib qo‘ygan Mozgovoy uni Komilovga oshirdi. Shohmalikning zarbasiga aniqlik etishmadi.
111. Andriya Kaluderovichning zarbasiga aniqlik etishmadi.
109. Jarima maydoniga oshirilgan to‘pga Givanilton eta olmadi.
108. Husain Norchaev o‘z o‘rnini Doniyor Narzullaevga bo‘shatib berdi.
107. Norchaevga nisbatan qoida buzgan Diego Eli ogohlantirildi.
107. Givaniltonning zarbasidan so‘ng Umidjon Ergashev to‘pni ushlab oldi.
106. To‘rtinchi bo‘lim boshlandi.
105+1. Uchinchi taym yakunlandi.
105. GOOOOOOOOOOOOOOOOOL! "NASAF" hisobda oldinga o‘tib oldi!
Andriya Kaluderovichning kuchli zarbasidan keyin to‘pni hech kim qaytara olmadi! Barakalla, "ajdarlar!"
104. Saitov hamda Nurulloev zaxiraga olindi. Ular o‘rniga Komilov va Mannonov o‘yinni davom ettiradi.
103. Stanoevichning aniqlikka tayanib bergan zarbasi jonli devordan o‘tmadi.
101. Dilshodga shifokorlar tibbiy yordam ko‘rsatmoqda.
100. Jarima maydoni yaqinida Saitov yiqitildi. O‘ta qulay nuqtada standart vaziyatga egamiz.
99. Akosta o‘z o‘rnini Yuto Nakamuraga bo‘shatib berdi.
98. Endi "Li Man" darvozaboni maydonda yotibdi. Hakam qat’iyroq chora ko‘rishi lozim.
97. Maxsus "nosilka"da maydonni tark etgan raqib futbolchisi darhol maydonga qaytmoqda. Bu vaziyat vaqt cho‘zishning oliy na’munasi, desak mubolag‘a bo‘lmas.
96. Husain Norchaevning bosh bilan yo‘llagan zarbasiga biroz aniqlik etishmadi. Gol yo‘q, ammo "Nasaf" to‘liq ustunlik bilan bahsni davom ettirmoqda.
95. Raqibning xavfli tus olayotgan hujumini Saitov to‘xtatib qoldi.
94. Jarima maydoni ichida futbolchilar o‘zaro tortishib ketdi. O‘yin ancha asabiy ruhda davom etmoqda.
94. "Li Man" futbolchilari maydonga yotib, o‘yin vaqtini sun’iy ravishda cho‘zayotganga o‘xshamoqda. Ularning jismoniy holati etarlicha emas, degan variant ham mavjud.
93. Nasrullaevdan navbatdagi uzatma va bu safar himoyachi xavfni bartaraf etmoqda.
92. Jarima maydoni markaziga oshirilgan to‘pni raqib posboni ushlab oldi.
91. Uchinchi bo‘limga start berildi!
90+5. O‘yinning asosiy vaqtida kuchlar teng keldi. Hakam tomonlarni ekstra-taymlarga taklif etdi.
90+4. QANDAY VAZIYaT?! Kaluderovichning zarbasidan so‘ng to‘p ustunga tegib, maydonni tark etdi.
90+3. Vakillarimiz standart vaziyatga ega bo‘ldi. Olg‘a, yigitlar!
90+2. Norchaevning o‘tkir burchakdan bergan zarbasini darvozabon qaytardi.
90. O‘yinning asosiy vaqtiga 4 daqiqa qo‘shildi.
89. Akostaning birinchi zarbasini darvozabonimiz, ikkinchisini ustun qaytardi.
87. Gong kongliklar darvozaboniga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.
86. Andriya Kaluderovichning zarbasi aniq, ammo kuchsiz chiqdi. Darvozabon to‘pni ushlab oldi.
84. Bozorovning qulay pozitsiyadan yo‘llagan zarbasi ancha noaniq ketdi.
82. O‘yin jamoamizning to‘liq ustunligi ostida davom etmoqda.
80. O‘tkir burchakdan berilgan zarbani Ergashev qaytardi.
78. Bahrom Abdurahimov o‘rniga Kaluderovich maydonga tushdi.
76. "Bozorovning zarbasiga aniqlik etishmadi.
74."Nasaf" bor kuchi bilan oldinga o‘tmoqda.
72. Rashidovning zarbasidan so‘ng to‘p rikoshet holatida raqib darvozabonining qo‘liga borib tushdi
69. Umarbek Eshmurodov sariq kartochka bilan jazolandi.
67. "Nasaf" godan keyin biroz o‘ziga kela olmayapti.
65. Gol! Raqiblarimiz hisobni tenglashtirdi. Gol muallifi Hose Anxel
63. E’tiroz uchun Umidjon Ergashev ogohlantirildi.
63. Jarima maydonimiz ichida raqib futbolchisi yiqilib tushdi. Hakam bahsli vaziyatda penalti belgiladi.
62. Suxrob Nurulloevning bosh bilan yo‘llagan zarbasi kuchsiz chiqdi. Darvozabon osonlikcha to‘pni ushlab oldi.
61. O‘yin vakillarimizning to‘liq ustunligi ostida davom etmoqda.
59. Bozorov ikki raqibini chalg‘itib sherigiga pozitsiya ochib berdi. Markoning kuchli zarbasiga aniqlik etishmadi.
57. Jarohat olgan Aliqulov o‘rniga G‘olib G‘aybullaev maydonga tushdi.
56. Jarima maydoni ichida Nurulloevga nisbatan qoida buzilgandek ko‘rindi. Referi yana raqib foydasiga qaror chiqarmoqda.
56. Noxush xabar! Husniddin Aliqulov elkasidan biroz jiddiy jarohat oldi va o‘yinni davom ettira olmaydigan bo‘ldi.
55. Bozorovning kuchli zarbasi yo‘liga himoyachilar blok qo‘ydi.
54. Jarima maydoni yaqinida Nurulloevga nisbatan qoida buzildi. Yana bir standart vaziyat.
53. Markoning navbatdagi "pushka"sidan so‘ng to‘p himoyachiga tegib, maydon tashqarisiga chiqib ketdi.
52. Akmal Mozgovoy yaqin masofadan zarba bera olmadi.
51. Hakamning qaroriga e’tiroz bildirgan "Nasaf" murabbiylar shtabidan Denis Ivankovga sariq kartochka ko‘rsatildi.
50. Nasrullaevga nisbatan qoida buzgan Jonatan Akosta ogohlantirildi.
48. Qarshiliklar nazoratni yana o‘z qo‘llariga olmoqda.
46. GOL. "Li Man" hisobni qisqartirdi.
Qulay pozitsiyaga chiqib borgan Givalinton Ferreyra aniq zarbasi bilan Ergashevni ojiz qoldirdi.
46. Ikkinchi taymga start berildi!
46. Futbolchilar maydonga qaytdi. Biz ham qaytamiz!
45+2. Tanaffus!
45+2. Givanilton Ferreyraning kuchli zarbasiga biroz aniqlik etishmadi.
45. Birinchi bo‘limdagi to‘xtalishlar o‘rnini qoplash maqsadida 2 daqiqa qo‘shib berildi.
45. Texnik harakatlari bilan raqibni aldab o‘tgan Oybekka maydon torlik qildi!
44. Raqibning tezkor qarshi hujumni Aliqulov to‘xtatib qolishga muvaffaq bo‘ldi.
43. Kutilganidek, darvoza tomon "pushka" yo‘llagan Stanoevichning urinishini darvozabon bartaraf etdi.
42. Jarima maydonidan uzoq bo‘lmagan hududda "ajdarlar" standart vaziyatga ega bo‘ldi. Bu Markoning nuqtasi!
41. Hakamning qaroriga e’tiroz bildirgan Ro‘ziqul Berdiev og‘zaki tarzda ogohlantirildi.
39. Jarima maydoni ichida zarba yo‘llashga kechikkan Norchaev to‘pni yo‘qotdi.
38. Raqibning kam sonli hujumlaridan bu safargisi noaniq pas tufayli nihoyasiga etmay qoldi.
37. Oybek Bozorovga nisbatan qoida buzgan Yu Vay Lim ogohlantirilidi.
36. Ayni daqiqalarga kelib, gong kongliklar ham to‘pni nazorat qilishga harakat qila boshladi.
34. Oybek Bozorovning navbatdagi urinishidan so‘ng to‘p to‘sin yuqorisidan o‘tib ketdi.
33. Husain Norchaev maydonda yotibdi. Raqib futbolchisi uning oyog‘iga beixtiyor zarba berib yubordi.
32. Vakillarimiz maydon markazida to‘pni nazorat qilmoqda.
30. Dilshod Saitovning chamasi 25 metr masofadan bergan zarbasini darvozabon qaytardi.
29. Sherzod Nasrullaev raqib jarima maydoni ichida yiqilib tushdi. Referi raqib foydasiga qaror chiqardi.
28. Norchaevning bosimidan keyin raqib darvozaboni to‘pni shunchaki tepib yuborishga majbur bo‘lyapti.
27. Nurulloev bergan pasga Bozorov eta olmadi. Biroq to‘pni darhol olib qo‘ygan mezbonlar yangi hujumni boshladi.
26. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! "Nasaf" ustunlikni mustahkamlamoqda!
Darvozabon qo‘lidan chiqarib yuborgan to‘pni Husain darvozaga yo‘lladi.
25. O‘yin "ajdarlar"ning to‘liq ustunligi ostida davom etmoqda. Raqib faqatgina qarshi hujumlarga tayanyapti.
24. To‘pni ustalik bilan to‘xtatgan Oybekning zarbasini darvozabon qaytardi. Mozgovoyning takroriy urinishiga aniqlik etishmadi.
23. Bozorovning navbatdagi reydi burchak to‘pi bilan yakunlandi. To‘p yonida Marko.
22. Yu Vay Limning bosh bilan yo‘llagan kuchsiz zarbasini Ergashev ushlab oldi.
21. XAVFLI VAZIYaT! Oybek Bozorovning zarbasidan so‘ng to‘p ustundan qaytdi. Nurulloev takroriy urinishni amalga oshirishiga himoyachilar yo‘l qo‘ymadi. Penaltiga tortadigan vaziyatda hakam o‘yinni davom ettirishga ruxsat berdi.
20. Jarima maydonida yaxshi ochilgan Bozorov aniq zarba bilan darvozani ishg‘ol etdi. Biroq hakam ofsayd tufayli golni inobatga olmadi.
19. Berdiev shogirdlari raqibni darhol to‘psizlantirmoqda.
18. Stanoevich bergan pasdan so‘ng Fernando Resio to‘pni uzoqlashtirdi.
17. Yana vakillarimizdan bosim va raqib to‘pni osonlikcha yo‘qotmoqda.
16. Husniddin Aliqulov mudofaada ancha ishonchli harakat qilyapti.
15. Burchakdan oshirilgan to‘pga "Nasaf" futbolchisi biroz noaniq zarba berdi.
14. Markoning olis masofadan yo‘llagan zarbasi yo‘l-yo‘lakay himoyachiga tegib, yo‘nalishini o‘zgartirdi.
13. Nasrullaevning jarima maydoniga oshirgan to‘pini himochilar maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. Burchak zarbasi.
12. "Ajdarlar"ning navbatdagi hujumi Abdurahimovning noaniq pasi tufayli kuniga etmay qoldi.
12. Berdiev shogirdlari amalga oshirayotgan kuchli pressing mehmonlarni xato qilishga majbur qilyapti.
10. Nurulloevning xatosidan so‘ng raqib to‘pga ega chiqdi. Ammo vakillarimiz tezlik bilan to‘pni qaytarib oldi.
8. "Markaziy"ga jam bo‘lgan tomoshabinlarning tinimsiz hayqirishi tufayli raqib sarosimada qolmoqda.
7. Nasrullaev jarima maydoniga to‘p uzatdi. Himoyachilar yaxshi harakat qildi.
6. Himoyada ishonchli harakat qilgan Aliqulov raqib hujumi barbod bo‘lishiga sabab bo‘ldi.
5. Bahrom maydonda yotibdi. Hakam unga o‘rnidan turishi kerakligini ta’kidladi.
4. GOOOOOOOOOOOOOOL! Uchrashuvda hisob ochildi!
Jarima maydoniga oshirilgan to‘pni mehmonlar vakili o‘z darvozasiga kiritib yubordi.
4. Stanoevichning uzatmasidan so‘ng himoyachilar to‘pni qaytardi.
3. Abdurahimovga nisbatan ishlatilgan qo‘pollik natijasida "ajdarlar" standart vaziyatga ega bo‘ldi. Qulay imkoniyat.
1. Ilk soniyalardan oldinga o‘tgan mezbonlar raqib jarima maydoni ichida xavf yuzaga keltirdi. Ammo Norchaev to‘pga zarba bera olmadi.
1. Uchrashuvga start berildi! Olg‘a, "ajdarlar!"
18:00. Bugungi o‘yin qahramonlari maydonga tushib keldi. Sardorlar hakam ishtirokida bellashuvni kim boshlashiga oydinlik kiritib oladi.
17:40. Futbolchilar kiyim almashtirish xonasiga yo‘l oldi. Murabbiylardan so‘nggi ko‘rsatmalarni qabul qilib olganidan so‘ng ular yana maydonga qaytadi.
17:20. "Markaziy"ga yig‘ilgan minglab muxlislar olqishi sadosi ostida "ajdarlar" maydonga tushib keldi va chigalyozdi mashqlarini bajarmoqda.
17:10. Gong Kong jamoasi vakillari maydonga tushib keldi va o‘yinoldi mashg‘ulot o‘tkazmoqda.
Fikrlar