OFK Kubogi. "Nasaf" guruhni 1-o‘rinda yakunladi!

  • 20 may, 2021, 18:50
  • Javokhir Azimov
  • 9
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

OFK Kubogi guruh bosqichi o‘z yakuniga etdi. 3-turdan o‘rin olgan uchrashuvda "Nasaf" Turkmanistonning "Oltin Asr" klubiga qarshi maydonga tushdi. O‘yin vakillarimizning 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Dastlab, 27-daqiqada Shohmalik Komilov penaltini aniq amalga oshirib, hisobni ochdi. Oradan ko‘p o‘tmay, Xusayn Norchaev bosh bilan yo‘llagan aniq zarbasi orqali hisobni ishonchli ko‘rinishga keltirdi.

Shu tariqa, guruhdagi barcha o‘yinlarda g‘alaba qozongan "Nasaf" 9 ochko bilan keyingi bosqichga yo‘l oldi. Ikkinchi pog‘onadagi "Oltin Asr" hisobida 4 ochko mavjud.

90+3. Uchrashuv yakunlandi. "Nasaf" birinchi o‘rin bilan keyingi bosqichga chiqdi!

90+1. To‘pni o‘yinga kiritishni paysalga solgani uchun Ne’matov ogohlantirildi.

90. O‘yinning asosiy vaqtiga 3 daqiqa qo‘shib berildi.

90. Altymyrat Annadurdiening uzoq masofadan bergan zarbasiga aniqlik etishmadi.

89. Sardor Sa’dullaevning jarima maydoni ichidan bergan zarbasiga aniqlik etishmadi. 

86. O‘z so‘ngiga kelib Ne’matovdan ilk seyv. Abduvohid raqib futbolchisining bosh bilan yo‘llagan zarbasidan keyin to‘pni ushlab oldi.

85. Annagulyega nisbatan qoida buzgan Sa’dullaev ogohlantirildi.

83. Norchaev hamda Annagulye o‘zaro to‘qnashib ketdi. Hak ikki futbolchiga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.

82. So‘nggi daqiqalarda biroz xotirjamlikka berilgan "Nasaf" jazolanishi mumkin edi. Biroq "Oltin Asr" futbolchisi yo‘llagan zarbaga aniqlik etishmadi.

80. Raqib futbolchisining xavfli uzatmasi yo‘nalishini Aliqulov o‘zgartirdi. Ne’matov to‘pni ushlab oldi.

79. "Nasaf" safida yana ikki o‘zgarish: Jafar Karimov va Sardor Sa’dullaev o‘yinga qo‘shildi. Ular Sherzod Nasrullaev hamda Marko Stanoevichni almashtirdi.

77. O‘yin tobora o‘z yakuniga etib bormoqda. Ustunlik hamon futbolchilarimiz tomonda.

75. Mozgovoy jarima maydoni ichida raqib darvozaboniga nisbatan qoida buzdi.

74. "Oltin Asr" futbolchilari Oybekka nisbatan biroz qaltis o‘ynamoqda. Balki uni zaxiraga olgan ma’quldir.

73. Muradov to‘psiz harakat qilayotgan Bozorovga nisbatan qo‘pollik ishlatdi. Hakam negadir jim.

72.  Turkmanistonliklar burchak zarbasidan keyin xavfli vaziyat yarata olmadi.

70. Ikki futbolchimizni aldagan raqib futbolchisi to‘pni maydonda saqlab qola olmadi.

68. "Nasaf" klass bobida raqibdan ustunligi aksariyat vaziyatlarda yaqqol ko‘zga tashlanmoqda.

66. G‘olib G‘aybullaev, Suhrob Nurilloev va Shohmalik Komilov maydonni tark etdi. Ular o‘rniga Dilshod Saitov, Shokir Yo‘ldoshov hamda Abubakr-Rizo Turdialiev o‘yinga qo‘shildi.

64. Komilovning zarbasiga biroz aniqlik etishmadi.

63. Futbolchilarimiz raqib jarima maydoni yaqinida to‘pni ushlab turibdi.

61. Nasrullaevning qanotdan etkazib bergan pasi noaniq chiqdi.

60. "Ajdarlar" maydon bo‘ylab to‘pni o‘zlarida ushlab turibdi.

58. Norchaevni qoida buzish evaziga to‘xtatgan Annagulyevga sariq kartochka ko‘rsatildi.

57. Marko Stanoevichning kuchli zarbasidan keyin to‘p jonli devordagi futbolchilarga tegib, o‘z yo‘nalishini o‘zgartirdi.

55. Jarima maydoniga yorib kirayotgan Nurillaevni qo‘li bilan ushlab qolgan Tursunov maydondan chetlatildi.

55. Ketma-ket hujumlarimiz natijasida turkmanistonliklar mudofaada biroz sarosima bilan harakat qilyapti.

53. Jarima maydoniga oshirilgan to‘pni Ne’matov ushlab oldi.

52. Stanoevich raqibiga nisbatan qoida buzdi. "Oltin Asr"da standart vaziyat.

50. Bozorov texnik harakatlari bilan yaqqol ajralib turibdi. Raqib futbolchilari Oybekka nisbatan biroz qaltis harakat qilmoqda.

48. Hozircha, turkmanistonliklar to‘pni o‘zlarida ushlab turibdi.

46. "Oltin Asr" safida 3 o‘zgarish: Begmyrat Bayov, Begench Akmamedov hamda Mekan Saparov o‘rniga Shamammet Hydyrov, Begenchmyrat Myradov va Myrat Annaev o‘yinga qo‘shildi.

46. Ikkinchi taym boshlandi!

46. Futbolchilar maydonga qaytdi. Biz ham qaytamiz!

45+2. Birinchi bo‘lim futbolchilarimizning to‘liq ustunligi ostida o‘tdi. Tanaffus!

45+1. Standartdan berilgan zarba jonli devordan o‘tmadi.

45. Birinchi taymga 1 daqiqa qo‘shib berildi.

45. Jarima maydoni ostonasida Mozgovoyga nisbatan qoida buzildi. Qulay pozitsiyadan zarba yo‘llash imkoniyatiga egamiz.

43. Futbolchimizga nisbatan qoida buzgan Saparov ogohlantirildi.

41. Raqib futbolchisi yo‘llagan kuchli zarba yo‘liga G‘aybullaev to‘siq bo‘lishni uddaladi.

40. Komilovning jarima maydoni chizig‘idan yo‘llagan zarbasidan keyin to‘p darvoza ustunidan qaytdi.

38. Hisob bizning foydamizga, to‘p nazorati bizda. "Nasaf"ni to‘xtatib bo‘lmayapti!

37. O‘yin vakillarimizning to‘liq ustunligi ostida davom etmoqda.

35. GOOOOOOOOOOOOOOOOL! "Nasaf" hisobni ishonchli ko‘rinishga keltirdi!

Jarima maydoniga etkazib berilgan to‘pni Norchaev boshi bilan darvozaga joylab qo‘ydi.

33. Stanoevichning chiroyli uzatmasidan keyin Nurulloev to‘pni saqlab qola olmadi.

32. Erlatib berilgan zarbadan keyin to‘pni Abdavohid egallab oldi.

31. Ne’matov jarima maydoniga yaqin hududda standart vaziyatga ega bo‘ldi.

29. Hisobda oldinga o‘tib olgan "ajdarlar" faollik ko‘rsatishda davom etmoqda. Bu safar Aliqulovning uzatmasidan keyin raqib jarima maydoni ichida sarosima yuzaga keldi.

27. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Uchrashuvda hisob ochildi!

Nuqta qarshisiga kelgan Komilov o‘zidan chap tomonga zarba yo‘llab, darvozani ishg‘ol etdi.

26. Oybek Bozorov jarima maydoni ichida yiqitildi. Hakam penaltiga ishora qildi.

24. Jamoadoshi uzatgan to‘pga Marko eta olmadi. O‘yin vakillarimizning to‘liq ustunligi ostida davom etmoqda.

22. "Oltin Asr" futbolchisi o‘yindan tashqari holatda qolib ketdi.

22. Stanoevichning uzatmasidan keyin Nasrullaev to‘pga moslasha olmadi. Sherzodning zarbasi noaniq ketdi.

21. Nurulloevning faol harakatlari jamoasiga burchak zarbasi ishlab berdi.

19. Shohmalik Komilovning zarbasidan keyin Jallodov to‘pni ushlab oldi.

18. Stanoevichning chap oyoqda bergan kuchli zarbasi noaniq ketdi.

17. Vakillarimiz burchakdan to‘pni o‘yinga kiritish imkoniyatini qo‘lga kiritdi.

15. "Ajdarlar" raqib jarima maydoni atrofida qisqa uzatmalar bilan himoyadagi bo‘sh hududlarni izlamoqda.

13. Komilovning zarbasiga aniqlik etishmadi. Raqib darvozaboni erkin zarba bilan to‘pni o‘yinga kiritib beradi. 

12. Jarima maydoniga oshirilgan to‘pni Norchaev darvozaga yo‘lladi. To‘p o‘stun yonidan o‘tib ketdi.

10. Bu safargi zarbani "Oltin Asr" darvozaboni egallab oldi.

8. Marko Stanoevichning olis masofadan yo‘llagan zarbasi to‘sin yuqorisidan o‘tib ketdi.

7. Berdiev shogirdlari qisqa uzatmalar bilan to‘pni o‘zlarida ushlab turibdi.

5. Turkmanistonliklar hali maydon markazini bosib o‘ta olmadi. To‘liq ustunlik futbolchilarimiz tomonda.

3. Jarima maydoni ichidagi to‘pni raqib darvozaboni ushlab oldi.

2. Vakillarimiz ilk daqiqalardan faol o‘yin namoyish etmoqda.

1.  O‘yin boshlandi!

0. Sardorlar ishtirokidagi rasmiy jarayonlar ortda qoldi. Olg‘a yigitlar!

0. Futbolchilar maydonga tushib keldi. Start uchun barchasi tayyor!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Shaymardonov Nurbek Nasimovich
20/05/2021 19:36
Qoilman Nasaf uzi OCHL uynashi kerak edi utkan yil ayrim Nasafni hodimlari vaqtiga letzinza olganiga Nasaf OCHL uynagan bular edi. lekin. Nasaf shuncha qiyinchilikla bulishiga qaramay mana shunoqa uyin kursatmoqda. 100 marta Uzbekiston chempioni bulgandan kura bir marta Osiyoga Bayrogimiz baland kutarib. Medal olgan boshqacha bariber. OFK. 2011 BIRINCHI Uzbekiston sohibi. mana yana uz yurushini boshladi. Tan beraman shu klubka. mana shunoqa klubdan. 10 bulsaydi. biza. Evropani ham uzimizga qaratkan bulardik
Akbarali Abdunazarov
21/05/2021 00:12
Хокимиятга таклиф Р.Бердиевни мустакиллик олди Давлат мукофотига тавсия килиш керак!Мисол учун Узбекистонда хизмат курсатган ешлар мураббийни! ДЕНИС ИВАНКОВНИ хам тавсия килиш керак, канча шогирт тайерлади!
Abbos Axmedov
22/05/2021 02:13
Фикрингизни 100 фоиз мақулайман тўғри гапни айтибсиз
&
Abdushukurov O
20/05/2021 20:39
"Nasaf", chempionlik sari olg'a !
Рустам Содиков
21/05/2021 23:02
Насаф жахон кубогини эгалладими?
Рустам Содиков
21/05/2021 22:57
ОФК кубоги турнири бизнинг 2-лига савиясидаги командалар мусобакаси, шунда голиб чикканга орден берилса....? Орден олмаган бола комайдию. Шошманглар, орден олиш учун хали иш курсатсин!
&
Турсун Ғани
20/05/2021 23:35
Насаф энди ОФК кубигида дублга эришиш вақти келганини ҳис қилмоқда. Иштаҳа овқат пайти келади дейди ку олға бос Насаф марра яқин сен учун. Сенга ишонамиз Насаф. Бизни футболга қайтар ғалабаларинг билан ОЧЛ баҳсларида Пахтакор зериктирди. Сен ҳурсанд қилишда давом эт НАСАФ.
Очил Саидов
20/05/2021 21:28
Рузикул Бердиев Узбекистон обруйсини
Тожикистондаги уйини билан кутарди.У кишининг бошка мехнатларини инобатга олиб давлат мукофатига тавсия этилиши керак.Чунки Пахтакор Насафнинг(Рузикул акани шогирдлари) уйинчиларини олиб хам натижа курсатгани йук.Прездентимиздан Бердиевга мукофат сураймиз.

Очил Саидов
20/05/2021 21:28
Рузикул Бердиев Узбекистон обруйсини
Тожикистондаги уйини билан кутарди.У кишининг бошка мехнатларини инобатга олиб давлат мукофатига тавсия этилиши керак.Чунки Пахтакор Насафнинг(Рузикул акани шогирдлари) уйинчиларини олиб хам натижа курсатгани йук.Прездентимиздан Бердиевга мукофат сураймиз.