
OFK mutaxassislari "Paxtakor"ga tashrif buyurdi
OFK mutaxassislari Joern Shlim va Marsel Isakovich "Paxtakor" klubi tuzilmasini ko‘zdan kechirishdi.
O‘FA 1-vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov OFK prezidenti Shayx Salmon bin Ibrohim al-Xalifa bilan uchrashuv chog‘ida OFKning etuk mutaxassislarini yurtimizga olib kelish va ularning tajribalaridan foydalanish borasida kelishuvga erishgandi.
Shu kelishuv natijasida "Paxtakor" stadioniga OFK mutaxassislari Joern Shlim va Marsel Isakovich tashrif buyurishdi. Bu mutaxassislar aslida Germaniya Bundesligasida faoliyat yuritishadi. OFK futbol klublarining faoliyatini rivojlantirishda Evropa tajribasidan foydalanish maqsadida Joern Shlim va Marsel Isakovich kabi yuqori malakali mutaxassislarni Osiyo klublarini o‘rganish va ularga zarur maslahatlar berish uchun jalb qilmoqda.
Tashrif chog‘ida ular klubimizning litsenziyalash borasida amalga oshirayotgan chora-tadbirlari bilan yaqindan tanishib, amaliy maslahatlarini berishdi.
Fikrlar