
OFK sayti bugungi o‘yin oldidan Norchaevni alohida e’tirof etdi
Bugun bo‘lib o‘tadigan Osiyo chempionlar ligasi o‘yini oldidan OFK rasmiy sayti turnir yulduzi bo‘lishi kutilayotgan futbolchilarni ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, vakillarimiz "Nasaf" safidagi Husain Norchaev qahramonlik ko‘rsatishga qodir, deb ko‘rsatilgan Osiyo futbol konfederatsiyasining rasmiy sahifasida. Shuningdek, uning atigi 21 yoshda bo‘lishiga qaramay o‘zbek va Osiyo futbolida "yarqiragan yulduz" bo‘lib chiqqani alohida qayd etilgan.
Shuningdek, Husain bilar bir qatorda Odion Igalo ("Al-Hilol"), Edmilson Junior ("Al-Duhail"), Ever Banega ("Ash-Shabab"), Federiko Kartabiya ("Shabab Al-Ahli"), Rossi ("Al-Faysali"), Sofiyan Buffal ("Ar-Rayyan") va Shahab Gordan ("Fulad Xuzestan") kabi futbolchilar ushbu ro‘yxatdan joy olgan.
Fikrlar