Og‘abek Nafasov: O‘zbekiston uchun chempionatdagi ilk medalni olib berganimdan xursandman

BEPUL PROPAN

Poytaxtimizda davom etayotgan kattalar o‘rtasida Osiyo chempionati ikkinchi kun dasturining -55 kg vaznda Og‘abek Nafasov dast ko‘tarish mashqida kumush medalga sazovor bo‘ldi.

Bahslar yakunlanganidan so‘ng, sportchimiz o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi:

«Musobaqa juda ham murosasiz o‘tdi. Shukurki, 2-o‘rinni egalladim. Osiyo chempionatida O‘zbekiston uchun birinchi medalni taqdim etdim. Bundan juda xursandman. 132 kg og‘irlikni ko‘tarib, shaxsiy rekordimni ham 4 kgga yangiladim.

Shu o‘rinda murabbiylarimga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman.
Kattalar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida ilk marotaba ishtirok etib, kumush medalni qo‘lga kiritganimdan mamnunman.

May oyida bo‘lib o‘tadigan yoshlar o‘rtasida Jahon chempionatida 1-o‘rinni olishga harakat qilaman», - dedi Og‘abek Nafasov.

O‘zbekiston og‘ir atletika federatsiyasi matbuot xizmati

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!