
Og‘ir atletika. Chirchiqda Markaziy Osiyo chempionati boshlandi!
Chirchiq shahri shu kunlarda o‘smirlar o‘rtasida (U17) Markaziy Osiyo chempionatiga ham mezbonlik qilmoqda. Musobaqada mintaqaning eng kuchli 100 nafardan ortiq yosh polvonlari g‘oliblik uchun o‘zaro bahs olib bormoqda.
Markaziy Osiyo chempionatining bugungi kungi dasturida qizlar o‘rtasida -49 kg hamda o‘g‘il bolalar o‘rtasida esa -55 kg vazn toifasida bahslar o‘tkazildi.
Quyida ikkikurash natijasiga ko‘ra g‘olib va sovrindorlar ro‘yxati bilan tanishtirib o‘tamiz:
-55 kg (o‘g‘il bolalar)
Oltin - Ernis Baktybekov - 200 kg (Qirg‘iziston)
Kumush - Nurbek Tuxtaev - 195 kg (O‘zbekiston)
Bronza - Turdubek Kalybekov - 191 kg (Qirg‘iziston)
49 kg (qiz bolalar)
Oltin - Malika Xodjieva - 133 kg (O‘zbekiston)
Kumush - Feruza Qadamboeva - 110 kg (O‘zbekiston)
Bronza - Tumara Japarova - 93 kg (Qirg‘iziston)
Fikrlar