
Og‘ir atletika. Chirchiqda o‘smirlar o‘rtasida Markaziy Osiyo chempionati o‘tkaziladi!
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 20-martdagi “Og‘ir atletika sport turini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-137 sonli qaroriga asosan, joriy yilning 20-25-iyun kunlari Chirchiq shahrida o‘smirlar o‘rtasida Markaziy Osiyo chempionati bo‘lib o‘tadi.
Musobaqada 5 ta mamlakatdan 100 nafarga yaqin eng sara polvonlar 42 ta medallar jamlanmasi uchun o‘zaro bahs olib boradi.
Markaziy Osiyo chempionatiga Xalqaro og‘ir atletika federatsiyasi (IWF) prezidenti Muxammad Jalud hamda Markaziy Osiyo davlatlarining og‘ir atletika federatsiyalari rahbariyati tashrif buyurishi rejalashirilgan.
Musobaqaning tantanali ochilish marosimi 21-iyun soat 14:00 da O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti manejida bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar