Og‘ir atletika. Osiyo chempionatida yana bittadan oltin va bronza qo‘lga kiritdik

Toshkentda og‘ir atletika bo‘yicha Osiyo chempionati davom etmoqda.

73 kg vazn toifasidagi sportchimiz Diyorbek Ermatov 287 kg natija bilan terma jamoamiz hisobiga navbatdagi medallarni qo‘shib qo‘ydi.

Dast ko‘tarish mashqida Diyorbek 129, 134, 137 kg bilan qozog‘istonklik va tailandlik raqiblarini ortda qoldirib, oltin medalga sazovor bo‘ldi.

Siltab ko‘tarish mashqini hamyurtimiz 146 kg bilan boshladi, ikkinchi urinishda 150 kg vaznni osonlik bilan o‘ziga bo‘ysundirgan Diyorbekka uchinchi urinish - 154 kgda biroz omad etishmadi.

Ikkikurashda 287kg bilan Diyorbek bronza medaliga ega chiqdi.

Mazkur g‘alaba bilan sportchimizni tabriklaymiz!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!