Og‘ir atletika. Osiyo chempionatida yana ikkita medal naqd qilindi

Toshkentda o‘tayotgan og‘ir atletika bo‘yicha qit’a birinchiligida jamoamiz hisobida oltin medal. O‘smirlar o‘rtasida -61 kg vazn toifasida bahs olib borgan Diyorbek Ro‘zmetov dast ko‘tarish mashqida eng yuqori natijani qaydi etdi.

Dast ko‘tarish
Diyorbek Ro‘zmetov (O‘zbekiston) - 116 kg
Muhammad Al Marzuq (Saudiya Arabistoni) - 109 kg
Brum (Vetnam) - 105 kg.

Musobaqada ushbu vazn toifasida o‘smirlar va yoshlar aralash tarkibda bellashishdi. Ro‘zmetovning qayd etgan natijasi yoshlar toifasida bronza medalini keltirdi.

Yoshlar, -61 kg:
Dast ko‘tarish:

Rok Shin (Koreya Respublikasi) - 126 kg
Madhavan (Hindiston) - 121 kg
Diyorbek Ro‘zmetov (O‘zbekiston) - 116 kg.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!