Og‘ir atletika. Sharofiddin Amriddinov Olimpiada chempionidan oltin medalni tortib oldi

CHERY AUTO

Bahraynda o‘tayotgan og‘ir atletika bo‘yicha Osiyo chempionatidan yana bir xushxabar.

Tecno

-102 kg vazn toifasida qatnashgan hamyurtimiz Sharofiddin Amriddinov 1 ta oltin va 2 ta kumush medallarni qo‘lga kiritdi.

Amriddinov dast ko‘tarish mashqida 172 kg bilan Tokio-2020 Olimpiadasi chempioni, qatarlik Elbah Faresni ham ortda qoldirib, oltin medal sohibiga aylandi. Siltab ko‘rarishda 196, ikki kurashda esa 368 kg qayd etgan samarqandlik polvonimiz terma jamoamiz hisobiga yana 2 kumush medalni keltirdi.

MOQ matbuot xizmati

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!