Og‘ir atletika. Terma jamoamiz jahon chempionatidan oldin so‘nggi tayyorgarlikni Turkiyada olib boradi

CHERY AUTO

Bugun Bahrom Mendiboev boshchiligidagi og‘ir atletika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Kolumbiyaning Bogota shahrida tashkil etiladigan jahon chempionati oldidan oxirgi tayyorgarlik bosqichini o‘tkazish uchun Turkiyaga jo‘nab ketdi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.

Tecno

Manbaga ko‘ra, hamyurtlarimiz deyarli 1 oy mobaynida Antalya shahrida xalqaro o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida ishtirok etishadi va o‘sha erning o‘zidan Janubiy Amerikaga yo‘l olishadi. Jamoa quyidagi sportchilar bilan dunyo birinchiligida qatnashadi:

-67 kg: Adhamjon Ergashev
-67 kg: Doston Yoqubov
-73 kg: Og‘abek To‘xtaev
-81 kg: Muhammadqodir Toshtemirov
-89 kg: Sarvarbek Zafarjonov
-102 kg: Sharofiddin Amriddinov
-109 kg: Ruslan Nurudinov
+109 kg: Akbar Jo‘raev
-55 kg: Nigora Abdullaeva
-81 kg: Rigina Adashbaeva
-87 kg: Tursunoy Jabborova

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!