
Og‘ir vaznda barcha davrlarning eng zo‘r jangchisi kim? Israel Adesanya javob berdi
UFC ning o‘rta vazn toifasi reytingida 2-raqamli jangchi Israel Adesanya "PFL Battle of Giants" da g‘alaba qozongan Frensis Ngannu haqida gapirdi.
"Jon Jons va Stipe Miochich o‘rtasidagi jang g‘olibini og‘ir vaznda barcha davrlarning eng yaxshi jangchisi, deya atashmoqchi. Ammo men bunga qo‘shilmayman. Bu nomga faqatgina Frensis Ngannu munosib", - dedi nigeriyalik sportchi.
Eslatib o‘tamiz, Frensis Ngannu 19 oktyabr kuni bo‘lib o‘tgan "PFL Battle of Giants" turnirida Renan Ferreyrani 1-raundda nokautga uchratdi.
Fikrlar