OKMK - "Metallurg" jamoalarining o‘zaro o‘yinlar statistikasida ustunlik kimda?

  • 30 may, 2024, 14:22
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Superliganing 10-turida Toshkent derbisiga guvoh bo‘lamiz. OKMK - "Metallurg" ishtirokidagi bellashuvga ham qiziqish katta.

Tecno

OKMK hamda “Metallurg” jamoalari o‘rtasidagi Toshkent viloyati derbisi so‘nggi yillarda murosasizligi bilan barchaning diqqat e’tiborida bo‘lib kelayapti. Mazkur jamoalar bugungacha 32 marta to‘qnash kelib, shulardan 13 tasida olmaliqliklar, 16 tasida bekobodliklarning qo‘li baland kelgan. Faqatgina 3 ta o‘yinda tomonlar durangga imzo chekishgan, xolos. To‘plir farqidagi kichik ustunlik ham shimolliklar tomonida – 55:52. 

Jamoalarning Olmaliqdagi uchrashuvlari tarixiga to‘xtaladigan bo‘lsak, mezbonlarning yaqqol ustunligini ko‘ramiz. “Metallurg” safardagi 16 uchrashuvning 3 tasida g‘alaba qozongan, 2 marta durang o‘ynagan. Qolgan 11 ta uchrashuvda mezbonlarning qo‘li baland kelgan. 

Quyida Olmaliqda o‘tgan so‘nggi beshta uchrashuv natijasi bilan tanishing:

23.09.2023  OKMK – Metallurg – 2:4
03.08.2022  OKMK – Metallurg – 0:1
19.06.2021  OKMK – Metallurg – 2:0
29.02.2020  OKMK – Metallurg – 1:1
28.06.2019  OKMK – Metallurg – 1:1

"Metallurg" matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!