
OKMKdan ketgan Toshmatov "Lokomotiv" unga begona emasligi haqida gapirdi (foto)
Murodjon Toshmatov OKMKdan "Lokomotiv"ga qaytishi haqida gapirdi. U uchun "Lokomotiv" begona klub emas.
"Birinchi professional shartnomam "Lokomotiv"da bo‘lgan. 2010 yil "Lokomotiv" o‘rinbosarlar jamoasiga ko‘rikka kelganman. O‘shanda meni yoshlikdagi murabbiyim Grigoriy Roziev tavsiya qilgandi.
Ko‘rikdan o‘tib, "Lokomotiv" o‘rinbosarlari bilan shartnoma imzolaganman. O‘sha yillari katta futbolchi bo‘lish uchun asosiy qadamni tashlaganman. Buning uchun otam, amakim va yoshligimdagi murabbiyimdan bir umr minnatdorman", - dedi Murodjon Toshmatov.
Fikrlar