Oksana Chusovitina Jahon kubogidagi ishtirokini yakunladi

Sport gimnastikasi bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Oksana Chusovitina Ozarbayjonda o‘tayotgan Jahon kubogi bosqichidagi ishtirokini yakunladi. 

Hamyurtimiz tayanib sakrash dasturining finalida 12.299 ball jamg‘arishga erishdi. Afsuski, bu medallar uchun kurashda yetarli bo‘lmadi va u musobaqani yettinchi pog‘onada tugatdi.

Bu haqida MOQ xabar bermoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!