Oleg Zoteev: Ilk davrani birinchi o‘rinda yakunlaganimizdan mamnunman

  • 18 iyul, 2017, 15:40
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor,  Toshkentning “Lokomotiv” jamoasi ayni damda Minsk shahrida o‘quv-yig‘ini olib bormoqda.  Mazkur yig‘in “temiryo‘lchilar” uchun Oliy Liga ikkinchi davrasiga tayyorgarlik vazifasini o‘tab beradi. 

Tecno

“Lokomotiv”ning birinchi davra yakunlari hamda ikkinchi davraga olib borayotgan tayyorgarligi xususida jamoa matbuot xizmati Oleg Zoteevdan kichik intervyu oldi.

– Oleg, Minsk yig‘ini qay tariqa o‘tmoqda?

– Yig‘in juda ajoyib tarzda o‘tmoqda.  Ob-havoning qulayligi sabab turli xil yuklamar olishda hamda nazorat uchrashuvlarida har xil yangicha uslublarni qo‘llashda muammoga duch kelmayapmiz.

– “Lokomotiv”ning birinchi davrada qayd etgan natijasi xususida nimalar deya olasiz?

– Oliy Liga ilk davrasini musobaqa jadvali peshqadami sifatida yakunlay olganimizdan juda xursandman.  Lekin bundada yaxshiroq natija qayd etishimiz va ba’zi o‘yinlarda kutilmaganda ochko yo‘qotmasligimiz ham mumkin edi.  Qolaversa,  Osiyo Chempionlar Ligasida ham guruhdan chiqish nasib etmadi.  Bunga esa jamoamizda jarohat olganlar soni ortib ketgani sabab bo‘ldi.

– O‘zingiz namoyish etayotgan o‘yindan ko‘ngilngiz to‘lyaptimi?

– Ha,  shunday desa ham bo‘ladi.  Ammo o‘z o‘yinimdan yuz foizga qoniqayotganim yo‘q.  Zero ba’zi uchrashuvlarda biroz o‘yin qovushmay qoldi.  Lekin shunday bo‘lsa-da,  aksariyat bahslarda o‘z o‘yinimdan o‘zim roxat olgan vaziyatlar soni ham kam bo‘lmadi.

– Birinchi davrada sizni turli pozitsiyalarda o‘ynaganingizga guvoh bo‘ldik.  Sizga aslida qaysi nuqtada o‘ynash qulayroq?

– Menga qaysi pozitsiyada o‘ynashning unchalik ahamiyati yo‘q:  Asosiysi – jamoamga naf keltirsam bas.  Lekin o‘zim chap qanotda o‘ynasam,  biroz qulaylikni his etishim ham rost.  Sababi mana uch mavsumdirki,  ayni shu chiziqda o‘ynab kelyapman.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!