Oleg Zoteev: "Operatsiya yaxshi o‘tdi"

  • 2 iyun, 14:57
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Andijon"ning tajribali futbolchilaridan biri Oleg Zoteev yaqinda mashg‘ulotlardan birida oyog‘idan jarohat olgani sababli Moskvada operatsiya qildirdi.

Tecno

Shu boisdan hozirda u jamoa bilan birga emas. Birinchi navbatda unga sog‘liq tilaymiz va ayni paytdagi holati xususida futbolchi klub matbuot xizmatiga quyidagilarni aytdi:

"Operatsiya yaxshi o‘tdi. Muammo yo‘q, barchasi qoniqarli. Toshkentga keldim. Faqat safga qachon qaytishimni bilmayman.

21 kun mobaynida deyarli gips holatida bo‘laman. Shundan so‘ng tikilgan iplari echiladi. Shunga qarab yana bilinadi. Yana bir marotaba MRT qilinadi.

Albatta, iloji boricha tezroq qaytib, jamoamga yordam berishga harakat qilaman”, - deydi Zoteev.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!