
Olimpiada chempioni Akbar Jo‘raev supachaga chiqmadi, O‘zbekiston terma jamoasi jahon chempionatini 5 ta medal bilan yakunladi
Kolumbiyaning Bogota shahrida jahon chempionatining so‘nggi kunida og‘ir atletikachilar eng og‘ir vazn toifasi +109 kilogrammda sovrinli o‘rinlar uchun musobaqalarda qatnashdi.
Dastlab chempionatning “C” va“B” guruhlarida ishtirok etayotgan sportchilar, undan keyin “A" guruhidan joy olgan jahon og‘ir atletikasining etakchi vakillarining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Musobaqaning “A” guruhidan joy olgan Tokio olimpiadasi g‘olibi, jahon chempioni va rekordchisi Akbar Jo‘raev bahslar oldidan o‘tgan taqdimot marosimida ishtirok etdi. So‘ng chempionatning rasmiy bahslariga qatnashish uchun belgilangan mashg‘ulot maydonida mashqlarni bajarishga kirishdi.
Taassufki, jahon chempionati supasiga chiqishga tayyorgarlik ko‘rish maydonchasida Akbar Jo‘raev kichik texnik jarohatga chalindi. Oqibatda jahon chempionati tashkiliy qo‘mitasining shifokorlar komissiyasi va terma jamoa shifokori xulosasiga binoan hamyurtimizga rasmiy bahslarda qatnashishga ruxsat berilmadi.
Akbar Jo‘raevning o‘tgan yilgi Tokio olimpiadasi va Toshkentda o‘tgan jahon chempionatlarida olgan jarohatlari texnik jarohatni keltirib chiqargan, baxtsiz tasodif tufayli jahon chempionati medallari uchun kurashga kirisha olmagan bo‘lsa-da taqdimot marosimida qatnashishi o‘z navbatida Parij-2024 uchun ma’lum talabni bajarishini ta’minladi.
Boisi, Xalqaro og‘ir atletika federatsiyasi tomonidan tasdiqlagan talabga ko‘ra, Parij-2024ga nomzod sportchi olimpiya tsiklidagi beshta musobaqada qatnashishi talab etiladi.
Shu tariqa, terma jamoamiz a’zolari mazkur jahon chempionatini 3 ta oltin, 1 ta kumush va 1 ta bronza medallari va Parij-2024 Olimpiadasining zarur reyting ochkolarini qo‘lga kiritgan holda yakunladi.
O‘zbekiston og‘ir atletika
Og‘ir atletika federatsiyasi matbuot xizmati.
Fikrlar