Olimpiada g‘oliblarini taqdirlash uchun xalqdan pul yig‘iladi

CHERY AUTO

Botsvana hukumati Frantsiyaning Parij shahrida bo‘lib o‘tadigan 2024 yilgi Olimpiya o‘yinlarida sportchilarining ajoyib ishtirokini taqdirlash uchun moliyaviy jamg‘arma tashkil etilishini e’lon qildi. Bu haqda L'Equipe nashri xabar bermoqda.

Tecno

Hukumat xohlovchilar bitta sportchi yoki butun jamoa uchun pul o‘tkazmalarini amalga oshirishi mumkin bo‘lgan hisob raqamini e’lon qildi. Bu g‘oya Botsvana fuqarolari tomonidan ma’qullanmadi. Ta’kidlanishicha, mamlakatda ishsizlik darajasi yuqori (25%), Inson taraqqiyoti indeksi (HDI) bo‘yicha Bostvana dunyoda 188 mamlakat ichida atigi 100-o‘rinni egallab turibdi.

Ma’lumot uchun, Parij Olimpiadasida botsvanalik engil atletikachi Letsile Tebogo 200 metr masofaga o‘tkazilgan bahslarda 1-o‘rinni egallab, mamlakat tarixida ilk marta oltin medalni qo‘lga kiritdi. Bundan tashqari erkaklar jamoasi 400 metr masofaga o‘tkazilgan estafeta bahslarida kumush medalga sazovor bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!