"Olimpik Mobiuz" bosh murabbiyi: "Tan olishimiz kerak, pro ligaga kuchimiz etmayapti"

  • 22 avgust, 2024, 23:33
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Pro liganing 17-turida “Olimpik Mobiuz” o‘z maydonida “Mash’al”ga 0:1 hisobida mag‘lubiyatga uchradi. Bellashuvdan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Farhod Nishonov fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

- “Mash’al”ni g‘alaba bilan tabriklayman. Superligaga chiqishini, o‘z joyini topsin, omad. Tan olishimiz kerak, bizni pro ligaga kuchimiz etmayapti. Tajribasizlik, qaerdadir yoshlik qilyapmiz. Lekin bugungi o‘yinda ham ko‘rdinglar, chiroyli futbol o‘ynashdi. Buning uchun yigitlarimga rahmat aytaman. Oxirgi vaziyatlarda gol urishni yakunlovchi futbolchi etishmayapti. Ular ham asta-sekin bo‘ladi. Doim yutqazyapmiz, biroq futbolchilarim o‘syapti. Bugungi kun uchun reja qilmaganmiz. Rejamiz 4 yillik. O‘yindan-o‘yinga rivojlanishni ko‘ryapman. Kurashishini, harakat qila olishini ko‘rsatib berishdi.

- Uchrashuv davomida jamoangiz ko‘p imkoniyatlarni yaratdi. Biroq foydalanishga kelganda oqsoqlanishyapti. Bu bo‘yicha qanday ishlar amalga oshirilyapti?

- To‘g‘ri, bu eng katta muammo. Lekin birgina bizda emas, o‘zbek futbolidagi muammolardan bittasi. Biz buning ustida ishlayapmiz. Tahlil qilib ko‘ryapmiz. Futbolchilarimiz jismonan, texnik va taktik jihatdan yaxshi natija ko‘rsatishyapti. Ammo “mentalniy” tayyor emas. Shuning hisobiga o‘ziga bo‘lgan ishonch yo‘q. Natijada yakuniy zarbalarda tushunmovchiliklar kelib chiqyapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!